Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
#ish_reja_ijrosi 📌 Kengashlar faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, sessiya va komissiya yig‘ilishlarini tashkil etish hamda qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengashlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda hududiy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash hamda axborot siyosatini yanada takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

📍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati tomonidan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1