Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
Chashma MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasi, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish ishlari, kommunal xizmatlar sifati va fuqarolar murojaatlariga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Mahalla raisi, nuroniylar va faollar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan takliflar bildirilib, ularni hal etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bildirilgan murojaat va takliflar qayd etilib, ularning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish va hududdagi muammolarni joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2