Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
#24_ta_masala 🤝 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat A.Rabbimov Humo mahallasida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordamlarni manzilli yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida Humo mahallasi ijtimoiy xodimi Uchqun Qosimov tomonidan joriy davrda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan:

🔹 Kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yilib, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqaroga xizmat ko‘rsatish uchun Kambag‘allik reyestridagi 1 nafar fuqaro biriktirilib, uning qo‘shimcha daromad olishi ta’minlangan;

🔹 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Kambag‘allik reyestriga kiritilgan 9 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan;

🔹 3 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga sayr qilish uchun mo‘ljallangan aravachalar hamda zaruriy ehtiyoj mahsulotlari topshirilgan;

🔹 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroning doimiy ish bilan bandligi ta’minlanib, uning oilasi daromadini oshirishga ko‘maklashilgan;

🔹 6 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga jami 9 dona reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari yetkazib berilgan.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning manzilli va shaffof yetkazilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallalarda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish va ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram
Slide 1 of 2