Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi
sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala doirasida “Farg‘ona tozalik
sanitar servis” MChJ tuman filiali tomonidan mahallalarda olib borilayotgan
ishlar holatini o‘rganish maqsadida Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
monitoring ishlari tashkil etildi.


O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib
chiqish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, chiqindi tashish
grafiklariga rioya etilishi, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarining
sanitar holatiga qaratildi.


Mahalla fuqarolari bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning chiqindi xizmatlari
sifati, xizmat ko‘rsatish davriyligi hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan
fikr va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va
takliflar atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar hamda hal etilishi
lozim bo‘lgan masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritildi. Shuningdek, mazkur masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar
shakllantirildi.


O‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotlar tuman Kengashining
navbatdagi sessiyasida muhokama qilinib, sohadagi mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash
yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4