Yaqinda uning mahallada yoshlar bilan olib borayotgan samarali ishlari haqida nufuzli jurnal sahifalarida maqola chop etildi.
Maqolada ta’kidlanganidek, Nizomiddin Muhitdinov faoliyatining ilk kunlaridanoq mahalladagi har bir yosh bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratgan. Yoshlarning qiziqishlari, orzu-intilishlari va salohiyatini o‘rganish maqsadida ular to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, shu asosda manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va dehqonchilikka jalb etish borasida salmoqli natijalarga erishildi.