Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Yo‘ldoshova Oyimjon Qurvonnozarovna hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shovot tumani Kengashi raisi O.Akimova bilan hamkorlikda Mevazor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Mevazor mahallasi Oltin Kumush ko‘chasining bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi.
🏥 Mazkur ko‘chada 7-son oilaviy poliklinika joylashgan bo‘lib, ushbu yo‘ldan kun davomida ko‘plab fuqarolar foydalanadi.
⚠️ Yo‘lning nosoz holati:
• tibbiy ko‘rikka qatnovchi bemorlar;
• homilador ayollar;
• yoshi ulug‘ fuqarolar;
• yosh bolali oilalar uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda.
🚶‍♀️Fuqarolarning xavfsiz va erkin harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi bilan chiqildi.
📌Murojaat deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2