Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi: davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li kapital ta’mirlandi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining ayrim qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi.
📌Mazkur muammoni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida deputat tomonidan tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori M.Hamroyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
📌Deputat so‘rovida yo‘lning texnik holatini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan aniq taklif va talablar bildirildi. Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, qisqa muddat ichida amaliy ishlar boshlandi.
📌Natijada deputat nazoratiga olingan mazkur avtomobil yo‘lida bir oy davomida keng ko‘lamli kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasi to‘liq yangilanib, harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zarur ishlar bajarildi.
📌Bugungi kunda ta’mirlangan yo‘l foydalanishga topshirilib, aholi va haydovchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi. Eng muhimi, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammoning ijobiy hal etilgani deputatlik faoliyatining samarali natijasi bo‘ldi.
📌Deputat I.Xolov bundan buyon ham aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalar yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini ta’kidladi. Mazkur holat deputat so‘rovi orqali aholi manfaatlarini ta’minlashning amaliy namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Slide 1 of 8