Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“Jasorat maktabi” o‘quvchi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon viloyat “Kelajak” markazi direktori Fayzullo Dadajonov ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar zamonaviy kasb-hunarlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, innovatsion loyihalar hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan bevosita javob olib, shaxsiy rivojlanish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish hamda kelajakdagi maqsadlarini belgilash bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.

Ochiq muloqot yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy kasblarga qiziqishini kuchaytirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yoshlar kelajagi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir!

Slide 1 of 3