Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
“Mehrjon” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

 “Mehrjon” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova tomonidan “Mehrjon” mahallasi yoshlar yetakchisi Sobirov Alisher faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan “Dolzarb 90 kun” ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar rejasi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, iyun oyi davomida yoshlar o‘rtasida voleybol va futbol sport musobaqalari, shuningdek, “Zakovat” bilimlar bellashuvi tashkil etilib, yoshlarning sportga, kitobxonlik va intellektual faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, 5- va 8-son umumta’lim maktablari ma’muriyati tomonidan tarbiyasi og‘ir toifaga kiruvchi 2 nafar o‘quvchi – Ochilov Amriddin hamda Quziyeva Karomat bo‘yicha ma’lumotlar yoshlar yetakchisiga taqdim etilgan bo‘lib, ular bilan individual profilaktik va tarbiyaviy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Bandlikni ta’minlash yo‘nalishida ham ijobiy natijalarga erishilgan. Xususan, 5 nafar ishsiz yosh (1 nafar yigit va 4 nafar qiz) subsidiya asosida pishiriq pechlari bilan ta’minlanib, ularning o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, probatsiya hisobida turgan 1 nafar voyaga yetmagan fuqaro – Rustamov Og‘abek bilan tushuntirish ishlari olib borilib, uning xulq-atvori va ijtimoiy moslashuvi doimiy nazoratga olingan.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Slide 1 of 4