Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Tinchlik” MFYda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

 Uchrashuv davomida aholi tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ko‘cha infratuzilmasini rivojlantirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda kundalik turmushda uchrayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, deputat mahalla hududida faoliyat yuritayotgan dorixonalar faoliyati bilan tanishib, aholiga dori vositalarini yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish sifati hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Umumiy ovqatlanish obyektlarida ham bo‘lib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablari, mijozlarga yaratilgan qulayliklar va xizmat ko‘rsatish madaniyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida tegishli so‘rovlar yuborilishi ma’lum qilindi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda joylarda mavjud masalalarni hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 6