Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB

💠 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati N.Kenjayeva tomonidan yuborilgan 214-ds-383-26-sonli deputatlik so‘rovi yuzasidan Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan javob taqdim etildi.

➡️ Mazkur so‘rovda Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi muassasalarda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida ushbu yo‘nalish uchun alohida shtat birliklari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

➡️ Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-185-sonli qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasida murojaatlar bilan ishlovchi alohida shtat birliklari nazarda tutilmagan.

⚡️ Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlik va idoralar rahbarlariga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida tizim tashkilotlari tuzilmalariga zarur o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilganligi qayd etildi.

✍️ Shundan kelib chiqib, tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlarida murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarni joriy etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaldagi tartibda tuzilmalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali hal etilishi mumkinligi bildirildi.

🏥 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va fuqarolarning murojaatlariga tezkor hamda sifatli munosabat bildirilishini ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 1