Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati Tabassumxon Isroilova tomonidan Andijon shahar “Barkamol” MFY hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari doimiy e’tibor va qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

Bugungi kunda mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom etib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan muhim loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan:

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng quloch yozib, turli manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekilmoqda, natijada hudud yanada fayzli va go‘zal maskanga aylanmoqda.
Ko‘chalarga ekilayotgan rang-barang gullar mahallaga o‘ziga xos chiroy va estetik ko‘rinish baxsh etmoqda.
Ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilib, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismlari zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanib, yangilanmoqda.

Deputat tomonidan har bir amalga oshirilayotgan ish joyiga chiqib o‘rganilib, sifat va samaradorlik alohida nazorat qilinmoqda. Har bir detalga e’tibor qaratilayotgani esa olib borilayotgan ishlarning natijadorligini yanada oshirmoqda.

Eng muhimi, bu ishlar aholining turmush darajasini yaxshilash, ular uchun yanada qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

“Barkamol” MFY bugun nafaqat obod hudud, balki ahillik, hamjihatlik va taraqqiyot timsoliga aylanib bormoqda.

Slide 1 of 4