Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Andijon shahrida deputatlar faolligi yangi bosqichga chiqmoqda!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan 2026-yil aprel–may kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejalari e’lon qilindi. Mazkur reja — nafaqat hujjat, balki hududdagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan aniq “yo‘l xaritasi”dir.

Rejaga ko‘ra:
Aholi bilan ochiq muloqotlar va sayyor qabullar kengaytiriladi
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganiladi va amaliy yechimlar beriladi
1-chorak yakunlari bo‘yicha ichki ishlar, iqtisodiyot va moliya sohalari hisobotlari tanqidiy ko‘rib chiqiladi
Mahalliy budjet mablag‘larining sarfi ustidan qat’iy nazorat kuchaytiriladi
Prezident qarorlari ijrosi joylarda bevosita o‘rganiladi
Xalq qabulxonalariga tushgan murojaatlar chuqur tahlil qilinadi

Eng muhimi — deputatlar va kotibiyat xodimlari kabinetda emas, bevosita mahallalarda, aholi orasida ishlaydi.

Bu esa hududdagi muammolarni “qog‘ozda emas, amalda” hal qilishga xizmat qiladi.

Ochiqlik, mas’uliyat va natijadorlik — yangi ish rejasining asosiy tamoyillaridir.

Slide 1 of 3