Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Samarqand shaahrida Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi

Samarqand shaahrida Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi

🇺🇿O‘zbekistonda Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”da mahalliy vakillik organlari ijro organidan alohida bo‘lgan binoda faoliyat yuritishi belgilab berilgan.

✅Shu maqsadda, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi Kamol Otaturk ko‘chasi, 21-uy - yangi binosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Binoning ochilish tadbiriga Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi kotibiyati mudirlari va bosh mutaxassislari ishtirok etishdi.

➡️Dastlab ishtirokchilar, Kengash binosida deputatlar, doimiy komissiyalar va kotibiyat xodimlariga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Tadbirniing ikkinchi qismida, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining o‘tgan 5 oylik faoliyati sarhisob qilindi.

🔘Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan seminarni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

👍 Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida o‘tkazilgan sessiyalar, tasdiqlangan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning targ‘ibotlari va chiqargan deputatlik so‘rovlari shuningdek, Kengash kotibiyatlarining ijro intizomiga to‘xtalib o‘tildi.

👍Yo'l qo'yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida sessiyalarni muntazam va sifatli yoritish, aholiga yaqin bo‘lish va muammolarni tezkor hal etish, shuningdek OAV bilan ishlash — har bir deputatning asosiy vazifasi ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

👍 Yuqori ko‘rsatkichli hududlar e’tirof etilib o‘tildi, Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy topshiriq sifatida belgilandi.

Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi

Slide 1 of 6