Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Uchtepa tumanida zamonaviy Birlik mahallasi binosi foydalanishga topshirildi

Uchtepa tumanida zamonaviy Birlik mahallasi binosi foydalanishga topshirildi

✅ Mamlakatimizda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda hududlarda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

🔼 Ana shunday bunyodkorlik ishlarining amaliy natijasi sifatida Uchtepa tumanida zamonaviy Birlik mahallasi binosi foydalanishga topshirildi.

↗️ Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi mahalla binosi fuqarolarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda mahalladagi ijtimoiy masalalarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Mahalla binosining tantanali ochilish marosimida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhamov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman Kengashi deputatlari Kamolitdin Azizov, Saodat Malikova, Sanjar Djalolovlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

📈 Yangi binoda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlar bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, zamonaviy xizmat xonalari, uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun qulay majlis zali hamda mahalla faollari faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma tashkil etilgan.

📇 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mahalla tizimini yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda hududni kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.

🗣 Ta’kidlanganidek, zamonaviy mahalla binolari aholining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla institutining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

⚙️ Birlik mahallasi yangi binosining foydalanishga topshirilishi hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va mahalla tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 6