Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar murojaatlari deputat e'tiborida.

Fuqarolar murojaatlari deputat e'tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 5-To‘lqin saylov okrugi deputati Raxmonov Erkin Xolliyevich tomonidan mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

Suhbat davomida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar mazmunan tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholining muammolariga befarq bo‘lmaslik hamda xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhim vazifa ekanligi ta'kidlandi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga yechim topish hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1