Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
Deputat sifatidagi 1-kun.

Deputat sifatidagi 1-kun.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri J Raximqulov tomonidan o'z saylov okrugidagi 5-maktabda “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar hamda uyushmagan yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tadbirlar dasturi bilan tanishildi.
Shuningdek, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda turli salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning mazmuni va samaradorligi tahlil qilindi.

Deputat tomonidan mazkur dastur ijrosini sifatli tashkil etish, belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda bu boradagi ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1