Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 19-Toshkesgan saylov okrugidan saylangan deputat Olim Mamato'rayev tomonidan Kadastr agentligi Zarbdor tumani boʻlimi boshligʻiga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati tomonidan “Toshkesgan” MFY hududidagi Chorvador va Urgunobod koʻchalarini bogʻlovchi (uzunligi taxminan 120 metr boʻlgan) ichki yoʻl holati oʻrganildi. Yoʻl oʻta tor (1,5 metr) boʻlganligi sababli aholi oʻz xonadonlariga shaxsiy avtomashinasida borishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ushbu ichki yoʻlni kengaytirish hamda kelgusida tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun unga tutash yer maydonlarining huquqiy chegaralariga aniqlik kiritish zarurati mavjud. Shu munosabat bilan, mazkur yoʻlak atrofidagi yer maydonlarining kadastr hujjatlarini, "qizil chiziq" chegaralarini koʻrib chiqish va yoʻlni avtomobil sigʻadigan darajada kengaytirish uchun mavjud qonuniy imkoniyatlarni aniqlash maqsadida deputatlik soʻrovi yuborildi.

Slide 1 of 5