Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI

XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA MUHOKAMA QILINDI

Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilgan masala yuzasidan kadastr sohasida o‘rganish ishlari olib borildi va tahliliy uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi, kotibiyat mudiri, deputatlar hamda tumandagi siyosiy partiyalar rahbarlari rahbarligida Davlat kadastrlari palatasi Uzun tumani filiali hamda Tuman kadastr agentligi bo‘limi xodimlari o‘rtasida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv tuman Kengashining bo‘lajak sessiyasiga tayyorgarlik doirasida, sohadagi haqiqiy holatni o‘rganish va korrupsiyaviy xavf-hatarlarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi.

Siyosiy partiyalar rahbarlari va deputatlar tomonidan sohadagi ochiqlik, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan yaxshilash borasidagi takliflar;

Xodimlar o‘rtasida qonunbuzilish holatlarining barvaqt oldini olish va sohaga raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish orqali inson omilini kamaytirish.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar va bildirilgan takliflar xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinishi va tegishli qaror qabul qilinishi belgilandi.