Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbarining tumanning mahalliy budjetiga shakllangan qo‘shimcha manbalar hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalarida jamlangan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Muhokamalar davomida qo‘shimcha mablag‘ manbalarining shakllanishi, ularni hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirish, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, jamg‘arma mablag‘laridan samarali va shaffof foydalanish, ularning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda mablag‘larni eng muhim yo‘nalishlarga yo‘naltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 5