Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi

Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi raisi U. Bobojonov Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida obyekt hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha asosida bajarilayotgan ishlar sifati hamda qurilishda foydalanilayotgan materiallarning mustahkamligi va talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.

Qurilish jarayonini doimiy nazoratda ushlab turish, barcha ishlarni amaldagi me’yor va talablarga muvofiq tarzda sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3