Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20-Oltinko‘l saylov okrugi deputati K. Mamanova tomonidan Oltinko‘l mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi og‘ir yuk avtomobillarining muntazam harakatlanishi oqibatida ayrim ichki yo‘llarda yuzaga kelgan nosoz holatlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokama o‘tkazilib, yo‘llarni ta’mirlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda og‘ir yuk transportlari harakati bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan murojaat qilindi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi hamda yo‘llarning me’yoriy holatini tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar nazorat ostiga olindi.

Slide 1 of 2