❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Buzurukxodjaeva Ozodaxon Isaxanovna tumandagi 227-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Umid” yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi faoliyati bilan tanishdi.
📌Tashrif davomida deputat bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, kitobxonlik, shaxmat-shashka, sport to‘garaklari hamda turli ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
✅Qayd etilganidek, maydonchada o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli, foydali va maroqli o‘tkazishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bolalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va ularni turli to‘garaklarga keng jalb etish ishlari deputat nazoratida davom etmoqda.