Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar ko‘zdan kechirild
янв.21
Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar yetarliligi deputat nazoratida
янв.21
☀️ Bolalarning yozgi ta’tili deputat e’tiborida
янв.21
“Besh ming qadam” yurish marafonida Toshkent shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etdi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati N.Abdurahmonovning 2026-yil 25-maydagi 39-ds-422-26-sonli deputatlik murojaati yuzasidan javob olindi.
янв.21
Deputat nazorati: Hokim yordamchilari faoliyati va fuqarolar murojaatlari e’tiborda
янв.21
MAHALLALARDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Mahalla muammolari deputat e’tiborida
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonov tumandagi 25-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida kutubxona fondidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar, darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi, kitoblarni saqlash holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilarning zamonaviy bilim va axborot manbalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur sharoitlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1