O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat I. Egamberdiyev Achamayli mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ta’mirlash jarayonining sifati, bajarilayotgan ishlarning belgilangan muddatlarga muvofiqligi hamda bolajonlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan mas’ullarga qurilish va ta’mirlash ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🏗 Bugun ta’lim muassasalarini zamonaviy va qulay ko‘rinishga keltirish — ertangi kun egalarining munosib ta’lim-tarbiya olishi uchun muhim qadamdir.
✨ Farzandlarimiz uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim maskanlarini yaratish yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.