Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi

XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, ma’naviyat va kasb-hunarga yo‘naltirish, yozgi ta’til davrida yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, mazkur dastur doirasida yoz mavsumida yoshlarni sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik loyihalari, turli tanlovlar, kasb-hunar o‘rganish kurslari hamda bandlikka ko‘maklashuvchi amaliy loyihalarga keng jalb etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, huquqbuzarlik va turli salbiy holatlarning oldini olish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglandi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish, barcha mahallalarda yoshlarni qamrab olish, tadbirlarning manzilliligi va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tumanda yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi hamda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1