Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

 NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, Quva tumani hokimi X.Umarov
tomonidan Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda tuman prokurori S.Aminjonov
ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.


Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal
xizmatlar, yer va mulk munosabatlari, infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa
dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir
murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga
tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish
talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi
tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi. Qabul jarayonida aholi bilan ochiq
muloqot qilinib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda
ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
  

Slide 1 of 6