Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
️Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
️Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dildora Rustamova Olmazor tumanidagi 12-Mirzo G‘olib saylov okrugiga qarashli “Zamondosh” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xodimlari, “Olmazor Holding Grand” MChJ direktori hamda bosh muhandisi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla hududida joylashgan 3-sonli ko‘p qavatli uyda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan joriy ta’mirlash ishlari muhokama qilindi. Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, bino infratuzilmasini yaxshilash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Shuningdek, 3-sonli bino oldidagi bolalar maydonchasining holati ham muhokama markazida bo‘ldi. Deputat tomonidan maydonchani qayta ta’mirlash, bolalarning xavfsiz o‘ynashi uchun zarur sharoitlar yaratish, o‘yin hududiga yumshoq qum to‘kish hamda mavjud jihozlarni yangilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

🏢 Uchrashuvda “Olmazor Holding Grand” MChJ rahbariyati va “Zamondosh” MFY raisi bilan birgalikda bino atrofidagi kommunal xizmatlarni yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda aholining turmush sharoitlarini yaxshilash yuzasidan amaliy masalalar muhokama qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy infratuzilma yaratish, hududlarni obodonlashtirish hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini ta’minlash masalalari uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.

✅ Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5