Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va tuman Kengash deputati D.Egamqulovalar tomonidan tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan A.Navoiy mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 30 yoshgacha bo‘lgan 737 nafar yoshlar istiqomat qilishi, shundan 25 nafari ishsiz yoshlar sifatida ro‘yxatga olinib, ularning bandligini ta’minlash maqsadida mas’ul rahbarlarga biriktirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mahalladagi yoshlarning “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlarda faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga 3 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, ulardan 1 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilganligi aniqlandi. O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3