Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
Hududda ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Azamqulova hududda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarning ish jarayoni, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, murojaatlarni qabul qilish va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xodimlar faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, hujjatlar bilan ishlash hamda xizmatlar ko‘rsatish jarayonini tezkor va sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, tuman hududidagi barcha ijtimoiy xodimlarning ish samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qaroriga asosan kompyuter jamlanmalari xarid qilinib, ijtimoiy xodimlarga yetkazib berilgan.

Slide 1 of 3