Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“MEHROBOD” MAHALLASIDA HAMKORLIK VA NAZORAT

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati B.Xollozov saylov okrugiga qarashli “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordilar.

⏺Tadbir davomida mahalla hayotida muhim o‘rin tutuvchi mas’ullarning bugungi kundagi faoliyati, ularning o‘zaro hamkorligi va erishgan natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi:

💬 Mahalla raisi faoliyati:
•  Hududdagi umumiy ijtimoiy-ma’naviy muhit, "mahallabay" ishlash tizimi, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mahalla "yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish darajasi tahlil qilindi.

💬 Profilaktika inspektori faoliyati:
•  Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar holati o‘rganildi.

💬 Ijtimoiy xodim faoliyati:
•  “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi vakili sifatida ijtimoiy yordamga muhtoj, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning manzilliligi ko‘zdan kechirildi.

💬 O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan mahalla mas’ullarining ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlarini tezkor va joyida hal etish, jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish hamda ijtimoiy yordam ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2