Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
SESSIYA KUN TARTIBI: BIRINCHI MASALA

Sessiyada kun tartibidagi birinchi masala — tuman markaziy ko‘chalari bo‘yidagi yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun obodonlashtirish hamda chiqindilarni olib chiqish xizmati tariflarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ushbu masala yuzasidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologia va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Erjigitov hisobot berdi.
Ma’ruzada ta’kidlanganidek:
Qonuniy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-janvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalariga tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma asosida ushbu xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berilgan bo‘lib, tariflarni xalq deputatlari tuman Kengashlari tasdiqlashi belgilangan.
Hisob-kitoblar: Sanitariya qoidalari va me’yorlariga asosan, iste’molchining faoliyat turi, joylashuvi va xizmatdan foydalanish usulidan kelib chiqib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilgan.
Tasdiqlangan tarif: Kiritilgan taklif va hisob-kitoblarga ko‘ra, tuman markaziy ko‘chalarida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qattiq maishiy chiqindilarini markaziy obyekti qabul qilish va joylashtirish xizmati uchun 1 m³ hajmga 67 200 (oltmish yetti ming ikki yuz) so‘m miqdorida tarif deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Muhim jihati: Mazkur tarifning belgilanishi tuman Obodonlashtirish boshqarmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, markaziy ko‘chalarning doimiy tozaligini ta’minlashga hamda budjet intizomini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3