Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati U.Yarlakabov tomonidan “Jo‘langar” mahallasida joylashgan 45-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida qurilayotgan qo‘shimcha 180 o‘rinli zamonaviy maktab binosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlari belgilangan reja asosida va sifat talablariga muvofiq olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Mutasaddilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur obyektni joriy yilning sentyabr oyida, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Yangi o‘quv binosining ishga tushirilishi natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi, maktabning o‘quv quvvati kengayishi hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Deputat tomonidan qurilish ishlarining borishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, obyektni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5