Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ko‘p qavatli uylar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, kirish qismlari, bolalar maydonchalari va uylar atrofidagi hududlarning sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tungi vaqtda aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yoritish tizimlarining ishlash holati ham ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, ayrim hududlarda tozalik ishlari muntazam olib borilayotgan bo‘lsa-da, ba’zi uylarning yerto‘la va umumiy foydalanish joylarida qo‘shimcha obodonlashtirish hamda sanitariya tadbirlarini kuchaytirish zarur.

Boshqaruv kompaniyasi mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududlarni yanada ozoda saqlash, yoritish vositalarini soz holatda ushlab turish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. O‘rganish natijalari yuzasidan nazorat ishlari davom ettiriladi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 7