Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari

Mehnatobod mahallasida keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida tumandagii “Mehnatobod” MFY amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining bajarilishi bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Qahramon saylov okrugidan saylangan deputat Amonov Jamshid tomonidan o‘rganildi.

Loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar:
- Mahallada 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash,
- 43-sonli maktabni rekonstruksiya qilish (mavjud 110 o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash va 120 o‘rinli qo‘shimcha binosi qurish),
- 20 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash,
- Mahalla hududida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash (jami 30,08 km tarmoq mukammal ta’mirlash. 6 dona 250 kva transformator o‘rnatish).

Bugungi kunga qadar mahallada:

Hozirda mahallada piyodalar yo‘lakchasi qurish, maktab qurilishi, ichki yo'llarni asfaltlash, elektr tayanch ustunlar o'rnatish ishlari qizg‘in olib borilmoqda

Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi deputatlartlar tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, deputatlik nazorati qilinmoqda.

Slide 1 of 5