Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat so‘rovi yuborildi.

2026-yil 26-may kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan Marg‘ilon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Sotvoldievga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Uvaysiy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan O‘zbekiston va Toshkent ko‘chalarining asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Mazkur holat transport vositalari harakati hamda piyodalar uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Deputat so‘rovida ushbu ko‘chalarning texnik holatini mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, ta’mirlash va asfalt qoplamasini yangilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarori asosida aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 1