Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
MANZILLI OʻRGANISHLAR: AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH USTUVOR YOʻNALISHDA

 MANZILLI OʻRGANISHLAR: AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH USTUVOR YOʻNALISHDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev hamda kotibiyat bosh
mutaxasissi M.To‘xtasinovlar tomonidan tumandagi Yangichek mahalla fuqarolar
yigʻinida aholini oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, ularga amaliy koʻmak
koʻrsatish hamda doimiy qoʻllab-quvvatlash ishlarining holatini oʻrganish
maqsadida manzilli oʻrganishlar olib borildi. Jarayonda mahalla masʼullari va
hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil
qilinib, mavjud imkoniyatlar va muammolar oʻrganildi. 

Oʻrganishlar davomida sohani yanada rivojlantirish, ayniqsa kam taʼminlangan, daromadi past
hamda doimiy bandligi taʼminlanmagan fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etishga
ustuvor ahamiyat qaratish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, ilgʻor
tajribalarni keng ommalashtirish, samarali loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va
aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish boʻyicha aniq taklif va
tavsiyalar berildi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar deputat tomonidan doimiy
nazoratga olindi. 

Bundan tashqari, deputat ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari asosida oʻz
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan, xususan, tomorqadan samarali
foydalanish maqsadida issiqxona tashkil etgan xonadonlarda ham boʻlib, ularning
faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur oʻrganishlar orqali aholining daromad
manbalarini oshirish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlik muhitini yanada
yaxshilash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilashga alohida eʼtibor
qaratildi.  

Slide 1 of 2