Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat mahallada Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy himoya — e’tibor markazida

 Xotin-qizlar manfaatlari va
ijtimoiy himoya — e’tibor markazida
 

Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R.Muxtorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida
hududdagi ayollarning ijtimoiy holati va mavjud muammolar tahlil qilindi:
 

Ijtimoiy ko‘mak: Hozirda
mahalla bo‘yicha 201 nafar xotin-qiz "Ayollar daftari" ro‘yxatiga
olinib, ular bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
 

Oilaviy muhit: Mahalladagi 3
ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oila hamda 3 ta notinch oila a’zolari bilan
tushuntirish va yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
 

Migratsiyadagi ayollar: Turli
sabablarga ko‘ra xorijga ishlash uchun ketgan 4 nafar ayolning oila a’zolari va
farzandlari holidan muntazam xabar olib turilibdi.
 

Psixologik
qo‘llab-quvvatlash: "Ayollar daftari"da turuvchi va psixologik
yordamga muhtoj bo‘lgan 5 nafar xotin-qizning ruhiy salomatligini tiklash va
mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish maqsadida, ular Bo‘stonliq tumaniga
3 kunlik dam olish seminariga yuborildi.
 

"Biz uchun har bir
ayolning taqdiri, uning oilasidagi tinchligi muhim. Xotin-qizlar faoli bilan
hamkorlikda amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar ayollarning jamiyatdagi
o‘rnini mustahkamlash va ularning muammolarini tizimli hal etishga xizmat qiladi",
— dedi R.Muxtorova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/