Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Хalq deputatlar Kengashi deputati M.Jumayeva hamda tuman Yoshlar ishlari bo’limi boshlig’i J.Maxmudovlar hududlardagi yoshlarining bugungi kundagi muammolari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari keng muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni turli tanlov va loyihalarda faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish hamda tezkor va samarali yechimlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, axborot texnologiyalarini o‘rganishlariga ko‘maklashish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarning ijrosi Yoshlar maslahat guruhi hamda xalq deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga befarq bo‘lmasdan, amaliy yordam ko‘rsatish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 

Slide 1 of 1