Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat tomorqa yer egalari bilan uchrashdi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 17-Dovud saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Boboyev tashabbusi bilan “Dovud” mahallasida tomorqa yer egalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir mahalla hokim yordamchisi hamkorligida o‘tkazilib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.

✔️Uchrashuv davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, issiqxonalar tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

✔️Tadbir doirasida “Dovud” mahalla hokim yordamchisining 2026 yil 1-choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Hisobotda aholini ish bilan ta’minlash, tomorqachilikni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda manzilli ishlar olib borish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✔️Uchrashuv yakunida tomorqa yer egalari bilan bunday muloqotlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4