Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o‘zi saylangan hudud — “Oybek” mahallasida bo‘lib, mahalladagi “Mahalla yettiligi”
faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisining 9 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, mahalladagi qizil toifaga kiritilgan va deputat Mavluda Berdiqulovaga biriktirilgan yoshlar bilan olib borilgan manzilli ishlar natijasida ijobiy o‘zgarishlarga erishilgani qayd etildi. Xususan, yil boshida qizil toifada bo‘lgan 3 nafar yosh bugungi kunda ushbu toifadan chiqarilgan. Bu esa hududda yoshlar bilan ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganini hamda amaliy ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, boshqa yo‘nalishlar kesimida ham mavjud ishlar muhokama qilinib, faoliyat
samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 

Slide 1 of 4