Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kengash_faoliyati

🏛 “OBIKOR” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Aholi muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish va hududlarni obodonlashtirish doimo e’tibor markazida.

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Obikor saylov okrugidan saylangan deputat Salomov Xolmo'min Xasanovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan “Obikor” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

✅ O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Aholi murojaatlari: Fuqarolarni qiynayotgan masalalar va ularning takliflari tinglandi.

✅ Infratuzilma holati: Ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr ta’minotidagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi.

✅ Ijtimoiy muhit: Mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

✅"Deputatning asosiy vazifasi — xalq ichida bo‘lish, ularning dardu tashvishi bilan yashashdir. Bugungi o‘rganishlarimiz ham mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi," — deydi deputat X.Salomov.

✅ Natija: O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish va ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Slide 1 of 1