Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
I chorak sarhisobi: faoliyat, tashabbuslar va muhim natijalar

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi deputati Kavaev Zulfqor Ishpulat o‘g‘li tomonidan 2026-yilning dastlabki choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etilib, ustuvor vazifalar, reja va maqsadlar atroflicha tahlil qilindi. Sayyor qabul o‘tkazilib, hududda aholi bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etilib, aholi murojaatlari o‘rganildi.

Deputat “Iykota” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla “ettligi”, faollar hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda o‘tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 

Uchrashuvda Bektemir tumani xokimi N.L.Abduraxmanov, tuman prokurori J.Nuriddinov va tuman IIB boshlig‘i U.Agzamxadjaevlar ham ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda tuman xokimi N.Abduraxmanov maxallada fuqarolari oldida xisobot berib, xududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar, maxalla infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash borasida maxallada olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdi. 

Tuman xokimi axborot berish jarayonida, shuningdek, amalga oshirilgan loyihalar, qurilish va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordamlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan deputatga va tuman xokimiga turli masalalar bo‘yicha murojaatlar va takliflar bildirildi. Xususan, ish bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘l va infratuzilmani yaxshilash kabi masalalar ko‘tarildi. Barcha murojaatlar tegishli tartibda qayd etildi va mas’ul mutasaddilarga ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etishda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 1