Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2025-2026 yil davlat dasturi ijrosi deputat nazoratida.

23-Qoqishtuvon saylov okrugi deputati G’.Qaybullayev 2025–2026 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi doirasida  hududlarda suv xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar izchil amalga oshirilayotgan  jarayon  bilan tanishdi. Jumladan, Xo’jaubbon va Hazorbog’ kanallarini betonlashtirish loyihasi ham ushbu sa’y-harakatlarning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Loyihaga muvofiq, Hazorbog’ kanalining 16,58 kilometr hamda Xo’jaubbon kanalining 10 kilometr qismi betonlashtirilishi belgilangan bo’lib, bugungi kunda mazkur hududlarda qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar va sifatli qurilish materiallaridan foydalanilib, belgilangan muddatlarda loyihani to’liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kanallarni betonlashtirish orqali suv yo’qotilishining oldi olinib, suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa qishloq xo’jaligi ekinlarini o’z vaqtida va sifatli sug’orish, yer unumdorligini oshirish hamda fermer va dehqonlar mehnatining samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar hududning meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minotini barqarorlashtirish va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xo’jaubbon va Hazorbog’ kanallarini betonlashtirish bo’yicha ishlar izchil davom etmoqda va ularni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash ko’zda tutilgan.
 

Slide 1 of 1