Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat so‘rovi ijrosi nazoratda

                       Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Qurbonov Ergashboy tomonidan 2026 yil 1 aprel kuni tuman elektr tarmoqlari idorasiga yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi amalda ta’minlandi. Mazkur so‘rov hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, xususan elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan edi. So‘rov asosida Boycheki mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 7 dona beton tayanch ustunlari o‘rnatildi. Ushbu ishlar elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Amalga oshirilgan ishlar deputat tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rnatilgan tayanchlar sifati, xavfsizlik talablari va hudud ehtiyojlariga mosligi sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilot vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, bajarilgan ishlarning sifati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Ta’kidlash joizki, bunday amaliy ishlar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etish, balki kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga ham xizmat qiladi. Eng muhimi, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirilayotgani, ularning muammolari amalda hal etilayotgani fuqarolarning ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulayliklar yaratish hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mahallalarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

   

Slide 1 of 4