35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 20-aprel, dushanba kuni deputatlar Zulfiya Mo‘minova va Xabibulla Akilov tomonidan 2026-yilning birinchi choragi yakunlari yuzasidan o‘z saylov okruglarida axborot uchrashuvlari o‘tkaziladi.

🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 21-aprel, seshanba kuni deputat Vasila Alimova tashabbusi bilan “Yoshlar salomatligi va ongli tanlov – kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi. Shu kuni deputat Saidmurod Ismailov tomonidan “Paxtachi” va “Yangi Toshkent” mahallalarida aholi hamda mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 22-aprel, chorshanba kuni deputat Serikbay Usenov tomonidan birinchi chorak yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etiladi. Shuningdek, deputat Nodir Yunusov fuqarolar murojaatiga asosan Sergeli tumanidagi “Yangi Bunyodobod” mahallasida o‘rganish olib boradi. Shuningdek deputat Dilshod Shoumarov tomonidan o‘z saylov okruglarida axborot uchrashuvlari o‘tkaziladi.

🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 23-aprel, payshanba kuni deputat Botir Daminov tomonidan chorak yakunlari yuzasidan axborot beriladi. Shu bilan birga, deputat Aziz Ibragimov Shayxontohur tumanida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 24-aprel, juma kuni deputatlar Suhrob Saifnazarov va To‘lqin Teshaboyevlar tomonidan o‘z okruglarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.

🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)