Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mahalla yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Xalq deputatlari tuman shahar Kengashlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yildagi davlat organlari tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlari tahlili” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Хalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hamkorlik va nazorat
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy_komissiya_yig'ilishi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Янгийўл шаҳридаги “Олмос” маҳалласида умумий узунлиги 2 км.дан зиёд бўлган маҳалла ички кўчалари йўлларига маҳаллий бюджет маблағлари ҳисобидан асфальт ёткизилмоқда.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani "Shirin" mahallasidagi 51-umumta'lim maktabida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Xurshid Jo‘raxolov bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida deputat mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlarga oid davlat siyosati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatga murojaat qilishdi. Jumladan, ularni oliy ta’limga kirish tartiblari, bandlik masalalari, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha berilgan imkoniyatlar qiziqtirdi.

Deputat yoshlarning har bir savoliga batafsil javob berib, ularni faol, bilimli va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, u yoshlarga kelajakda o‘z kasbiga sodiq bo‘lib, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi. 

Slide 1 of 1