Yangiyo'l shahar dehqon bozorida aholini zarur kundalik oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan bo'lib, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyatini davom ettirmoqda.
Bugun Yangiyo'l shahar deputatlari va faol nuroniylar dehqon bozori xududida tashkil etilgan yarmarkada bo'lib, sotilayotgan mahsulot narxlarining barqarorligini ta'minlash va aholiga sifatli mahsulotlarni etkazib berish borasida sotuvchi hamda xaridorlarning taklif va fikrlarini o'rgandi.