Xalq deputatlari Yangiyo'l shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari" bo‘yicha doimiy komissiya hamda "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari" bo‘yicha doimiy komissiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Yangiyo'l shahar Kengashining navbatdagi VI chaqiriq 6-sessiyada ko‘riladigan masalalar muhokama qilindi.