35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mahalla yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Xalq deputatlari tuman shahar Kengashlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yildagi davlat organlari tashkilotlari faoliyati shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlari tahlili” mavzusida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Хalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiyalar Qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hamkorlik va nazorat
янв.21
Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy_komissiya_yig'ilishi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Янгийўл шаҳридаги “Олмос” маҳалласида умумий узунлиги 2 км.дан зиёд бўлган маҳалла ички кўчалари йўлларига маҳаллий бюджет маблағлари ҳисобидан асфальт ёткизилмоқда.
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvni kirish so’zi bilan ochgan partiya tuman kengashi raisi mamlakatimizda yoshlarning o‘z iste’dodlarini yorqin namoyon etishi yo‘lida davlatimiz rahbari tomonidan bardavom, izchil, amaliy tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, O‘zbekiston yoshlari g‘ayrat-shijoati, iste’dodi, yuksak tafakkuri bilan jahonga tanilayotgani va ularning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari mamlakatimizning salohiyatini, kuch-qudratini o‘zida yaqqol ifodalab turganligini alohida ta’kidladi. 

 Tadbirda so’z olgan tuman kengashi deputati Feruza Shodiyeva hozirgi vaziyatda yoshlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi, huquqiy savodxonlik demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishda muhim ahamiyat kasb etishi, bugungi islohotlarning mohiyatini tushunishda, ularni amalga oshirishda yoshlarning yanada faol ishtirokini ta’minlash muhim o'rin tutishini alohida ta'kidladi.

 Uchrashuv so’ngida tuman ta’lim sohasida va qator yillar davomida deputatlik faoliyati hamda jonkuyarligi bilan e’tirof etilgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Vobkent tuman kengashi raisi To’ymurod Yoqubov hayot faoliyati yoritilgan “Ezgulikning o’chmas saboqlari” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Slide 1 of 1